O'zbekiston futzal termasi Kuvaytni yana mag'lub etdi, darvozabonimizdan dubl!

Mirjalol Normatov
20 avg 2022, 23:08
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Kuvaytga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Qayd etish kerak, ikkinchi bahsda ham termamiz o'z ustunligini namoyish qilgan holda 4:2 hisobida g'alabaga erishdi. Unda Elbek To'lqinov hamda Husniddin Nishonov bir martadan gol urgan bo'lsa, darvozabon Abbos Elmurodov dubl qayd etdi.

Kuvayt - O'zbekiston 2:4

Gollar: Elbek To'lqinov, Xusniddin Nishonov, Abbos Elmurodov (dubl).

O'zbekiston: Ravshan Eliboev, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Xusniddin Nishonov.

Zaxiradagilar: Rustam Umarov, Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Avazbek Abduvaliev, Akbar Usmonov, Shahram Faxriddinov, Hayrulla Solihov, Aslbek Isroilov, Davlat Ibragimov.

Tomonlarning dastlabki o'rtoqlik o'yinida termamiz 4:3 hisobida g'alaba qozongandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати