O'zbekiston Eronga qarshi qanday libosda o'ynashi ma'lum

Sherzod Nurmatov
9 okt 2024
O'zbekiston – Eron o'yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

O'zbekistonlik futbolchilar mazkur bahsda to'liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Eron bahsi 10 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати