

Ushbu o'yindan oldin terma jamoamiz safida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q.
Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov hisobida bittadan ogohlantirish mavjud. Ular uchun navbatdagi sariq kartochka diskvalifikaciyaga aylanadi.
4-turdagi raqibimiz Xitoy safida uch nafar futbolchida bittadan sariq kartochka bor: Ren Xang, YU Xai va Jang Linpeng. Bu futbolchilar 6 oktyabr kuni Suriya bilan o'yinda ogohlantirish olishsa 11 oktyabrda O'zbekiston bilan bahsda ishtirok eta olishmaydi.



