O'zbekiston chempioni guruhdoshi murabbiyni ishdan bo'shatdi

Xayrulla Xoliqov
26 noya 2018, 15:21
OCHLda O'zbekiston chempioni bilan bitta guruhda kurash olib boradigan "Al Vahda" bosh murabbiyni iste'foga chiqardi.

Ma'lumki, Superligada "Lokomotiv" va "Paxtakor" chempionlik uchun o'zaro bahs olib bormoqda. Katta ehtimol bilan bugun bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng chempion nomi ma'lum bo'ladi.

Kim Superligada g'olib chiqmasin, OCHLda O'zbekiston chempioni sifatida "V" guruhiga tushadi. Mana shu guruhdagi yana bir jamoa BAAning "Al Vahda" klubida bosh murabbiy Laurentiu Regekampf ishdan bo'shatildi. 43 yoshli ruminiyalik mutaxassis "Al Jazira" bilan kechgan o'yinda 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Shundan so'ng rahbariyat unga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com