O'zbekiston bilan o'yinga Rossiyadan 1000 nafar muxlis tashrif buyurishi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022, 12:47
O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga rossiyalik muxlislar uchun mehmon kvotasi 1000 ta chiptadan iborat bo'ladi.

Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi ma'lumot berdi.

O'zbekiston – Rossiya o'yiniga mehmon kvotasi 1000 ta chiptani tashkil qiladi. Savdoning boshlanishi haqida qo'shimcha ravishda RFI veb-saytida va Rossiya terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilinadi.

Avval xabar qilinganidek, 20 noyabr kungi o'yin uchun chiptalar taxminan 15-20 ming so'mdan boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: soccer.ru