O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2018, 10:32
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi 15-21 dekabr kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi.

Yig'in davomida terma jamoaga nomzod futbolchi qizlar  yana bir bor sinovdan o'tkaziladi.

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi mazkur yig'inlar orqali kelasi yilning aprel oyida bo'lib o'tadigan Tokio-2020 olimpiada saralashining 2-bosqichiga tayyorgarlik olib boradi. Terma jamoamizning reytingi yuqori bo'lgani uchun saralashning 1-bosqichida ishtirok etmadi. 2-bosqich saralash bahslariga 2019 yilning 13 fevral kuni qur'a tashlanadi.  

Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov Toshkentda bo'lib o'tadigan yig'inga quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
 
Darvozabonlar:
Boymatova Gulandon "Metallurg"
Demyanenko Alina "AGMK"
Maxmudova Nargiza "Sho'rtan"
 
Himoyachilar:
Mirzayorova Muxlisa "Sho'rtan"
Sadirova Luiza "Bunyodkor"
Ermakova Anzilya "Bunyodkor"
Dadaboeva Xolida "Metallurg"
Kamoltoeva Nozima "Metallurg"
Yusupova Madina "AGMK"
Asadova Dilrabo "AGMK"
Gugueva Selime "Sho'rtan"
 
Yarim himoyachilar:
Fedosenko Darina "AGMK"
Nazarova Zumratjon "Bunyodkor"
Baxromova Fazilat "Sho'rtan"
Munavarova Mavluda "Metallurg"
Sharipova Ezoza "AGMK"
Salnikova Ekaterina "So'g'diyona"
Galimova Saida "Bunyodkor"
Tulanbaeva Ziyodaxon "Andijanka"
 
Hujumchilar:
Xasanova Guliranoxon "Andijanka"
Aziza Norboeva "So'g'diyona"
Askarova Ruzixon "Paxtakor"
Sarikova Maxliyo "Bunyodkor"
Berdieva Kamola "Lokomotiv"
Nilufar Dadajanova "Andijanka"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz