O'zbekiston ayollar futbolchi bo'yicha Parij Olimpiadasining ilk saralash bosqichiga mezbonlik qiladi

Оқил Абдубарноев
3 fev 2023, 20:07
Mazkur o'yinlar bahorda o'tkaziladi.

Ayollar futboli bo'yicha Parij-2024 Olimpiya o'yinlari saralash bosqichiga qur'a tashlanib, unda O'zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Iordaniya, Sharqiy Timor va Butan jamoalari bilan bir kvartetdan o'rin olgani haqida xabar bergandik. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, mazkur guruh bahslariga mamlakatimiz mezbonlik qiladi. 

Taqvimga ko'ra, birinchi bosqichdagi barcha guruh bahslari 3-11-aprel kunlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UFA