O'zbekiston - Argentina. Chipta narxi qancha?

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2021
2 va 3 fevral kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida amaldagi Jahon chempioni - Argentina futzal terma jamoasi O'zbekiston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu o'yinlar uchun chiptalarni iticket saytidan onlayn xarid qilish mumkin. Chiptalar uch xil kategoriyada chiqarilgan bo'lib sektorga qarab 50000, 65000 va 100000 so'mdan sotilmoqda. 



Yuqoridagi suratda ko'k rangdagi sektorlar uchun chiptalar (darvozalar orti) 50 ming so'mdan, yashil rangdagi sektorlar 65 ming so'mdan (247 o'rinlik "H" sektori uchun chiptalar umuman sotilmayapti), olovrang markaziy sektorlar uchun chiptalar 100 ming so'mdan sotilmoqda. 

"O'zbekiston" sport saroyi o'z bag'riga 2400 nafar tomoshabinni sig'dira oladi. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvdan oldin o'sha mashhur "Sahar" guruhi yakkaxoni Anvar Jo'raev muxlislar uchun ajoyib qo'shiqlar guldastasini taqdim etadi. Bundan tashqari yurtimizdagi futzal musobaqalarida hali bo'lmagan lazer shou ham namoyish etiladi. Tanaffus vaqtida esa muxlislarni barabanlar shousi kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Argentina o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinlari 2 va 3 fevral kunlari soat 18:30da boshlanadi.







Reklama





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia