O'zbekiston 2016 yil FIFA kongressini qabul qilishga da'vogar

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 18:48
O'zbekiston FIFAning har yili bo'lib o'tadigan kongressini qabul qilish uchun da'vogar.
Falastindan tashqari bu tadbirni qabul qilishga Kosta-Rika, Kanada, Chexiya, Finlyandiya, Malayziya, JAR, Tailand, Turkiya va BAA kabi davlatlar kurashishmoqda.

2016 yilgi kongressni qabul qilish uchun quyidagi davlatlar da'vogarlar: Kosta-Rika, Kanada, Gretsiya, Yamayka, Iordaniya, Janubiy Koreya, Malayziya, Meksika, Panama, JAR, Tailand, Turkiya, BAA va O'zbekiston.

Ushbu tadbirni qabul qilish uchun bu davlatlar FIFAga rasmiy xat yuborishlari lozim. Kongressni qabul qiladigan davlatlar nomi 2013 yil dekabr oyida aniq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi kongress Mavrikiyda bo'lib o'tdi. 2014 yilgisi Braziliyada, 2015 yildagisi esa Shveytsariyada tashkil etiladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia