

Ushbu kurs yakunida, bugun 11 noyabr kuni, O'FFning sun'iy qoplamali maydonida bolalar uchun futbol festivali tashkil etildi.
Ushbu festivalda umumiy o'rta maktablarda tahsil oladigan 8 – 12 yoshli bolalar va qizlar ishtirok etdi. Bolalar va qizlar FIFA seminari ishtirokchilari bo'lgan murabbiylar o'rgatgan turli mashqlar, futbol elementlarini bajarishdi.
Takidlash kerakki, yosh futbolchilarga O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq a'zolari – Temur Kapadze, Anvar G'ofurov, Viktor Karpenko hamda Ulug'bek Baqoev mahorat darslari o'tib berdi.
Festival yakunida bolalar o'zbek futboli yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushishdi, ulardan dastxat va sovg'alar olish imkoniga ega bo'lishdi.



