
"OFFA ijro qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ozarbayjon klub darajasida yaxshi natijalarga erishdi. Ikki klubimiz Yevropa ligasi guruh bosqichiga chiqdi.
Ozarbayjonni San-Marinoga qarshi JCH-2018 saralash o'yini kutib turibdi. Mundial saralash bosqichini omadli boshlaymiz deb umid qilaman. Nega endi Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etmasligimiz kerak. Buning uchun imkoniyatlarimiz bor. Futbolchilarda xohish bo'lishi kerak. Buning uchun o'z ustilarida ko'p ishlashlari lozim" - deydi Mamedyarov.
Ozarbayjon JCH-2018 saralash bosqichida Chexiya, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya va San-Marino bilan o'ynaydi.