O'z tengqurlari ichida faqatgina bir futbolchi Mbappe va Xoland bilan bir pog'onada bormoqda

Оқил Абдубарноев
24 yanv 2022, 01:14
Erling Xoland va Kilian Mbappening nomi hammaning og'zida, ularning o'yinlarini Yevropaning yetakchi klublari diqqat bilan kuzatmoqda, lekin ular bilan teng natija qayd etayotgan yana bir futbolchini ko'pchilik bilmaydi.

"Nicca"da kelib chiqishi Jazoirga borib taqaladigan francuz futbolchisi Amin Guyri ajoyib mavsumni o'tkazmoqda, u joriy mavsumda allaqachon o'nta gol urdi va uning sharofati bilan "Nicca" allaqachon turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Bugun "Nicca" "Metc"ni mehmonda mag'lub etdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, joriy mavsumda Yevropaning top-5 chempionatlarida kamida 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga ega 23 yoshgacha bo'lgan atigi uchta futbolchi bor - Erling Xoland, Kilian Mbappe va yuqorida aytib o'tilgan Amin Guyri.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Squawka Football