Overmars "Barselona" sport direktoriga aylanishi mumkin

Alisher
7 fev 2021, 17:44
Mark Overmars mavsum so'nggida "Ayaks" sport direktorligidan ketadi va "Barselona"da ish boshlashi mumkin.

Qayd etish kerakki, agar klub prezidentligi uchun saylovlarda Joan Laporta yoki Toni Freysha g'olib bo'lsa, u "Barselona" sport direktori bo'lishi mumkin.

Uchinchi da'vogar Viktor Font esa bu lavozim uchun uning varianti Yordi Kroyf ekanligini aytgandi.

Eslatib o'tamiz, koronavirus sabab "Barselona" prezidentligi uchun saylovlar yanvardan martga ko'chirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf