Ouen: "Barselona" forvardlari himoyada ishtirok etishmaydi, jamoa sakkiz kishi bo'lib himoyalanadi"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2018, 13:25
Sobiq futbolchi, hozirda televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Maykl Ouen "Roma"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob o'yinidan so'ng "Barselona" hujumchilarini tanqid qildi.

"Bunga ishonib bo'lmaydi. Birinchi o'yinni ko'rdik. Bir necha oydan beri "Barselona"ni kuzatib boryapmiz va ular kam gol o'tkazgan bo'lishiga qaramay, ikki hujumchi himoyaviy harakatlarda ishtirok etmasa, siz nolga o'ynashingizga ishonmayman. Jamoa 11 futbolchiga qarshi 8 kishi bo'lib himoyalandi. Yuqori darajada bu ish bermaydi. "Roma"ning saviyasi juda baland deya olmayman. "Barselona" hali yana shunday jamoani uchratadi, ammo hozir emas, chunki ular turnirni tark etishdi" - deydi Ouen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail