Otabek Shukurov "Sharja" bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018, 11:52
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov BAA klubi hisoblanmish "Sharja" bilan yangi bitim imzoladi.

Bu haqida klubning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.

Shukurov va "Sharja" o'rtasidagi yangi shartnoma 2022 yilgacha belgilangan.


Otabek Shukurov joriy mavsum "Sharja" safida BAA chempionatining 12ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

BAA chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia