

Uchrashuvdan so'ng buxoroliklar darvozaboni Otabek Boymurodov taassurotlari bilan bo'lishdi.
"Garchi klub safida anchadan so'ng rasmiy o'yinda maydonga tushgan bo'lsamda o'zimni yaxshi his qildim. Katta xatolar bo'lmadi deb o'ylayman. Ammo bunday mag'lubiyat doim alamli bo'ladi. Biz g'alaba uchun mehnat qildik. Bunday o'yinlarni boy berishimiz kerak emasdi. "Bunyodkor"ning kuni ekan. Guruhimizdagi har bir raqib o'ziga yarasha kuchli. Oldindagi o'yinlardagi yutuq orqali keyingi bosqichga chiqishga bor kuchimizni ishga solamiz.
Fikrimcha, natija adolatli emasdi. Biz yutishimiz kerak edi va raqibdan kuchliroq, g'alabaga haqliroq ham ko'rindik",- deydi Otabek Boymurodov.



