Oston O'runov "Spartak"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 01:20
Hamyurtimiz RPL to'qqizinchi turini o'tkazib yuboradi.

Oston O'runov jarohati sabab "Ufa" tarkibida maydonga tusha olmaydi.

Avvalroq, Oston O'runovning barmog'i lat egani va terma jamoalar pauzasidan so'ng maydonga qaytishi xabar qilingandi. Ammo, O'runov hali ham jamoa umumiy mashg'ulotlariga qo'shilishga ulgurmagan. Hozirda, hamyurtimiz individual tarzda mashq qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Spartak" - "Ufa" uchrashuvi 25 sentyabr kuni 21:00 da o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24