O'smirlarimiz musobaqani durang bilan boshladi

30 sen 2013, 21:28
Oktyabr oyida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan U-17 O'smirlar terma jamoamiz, 27 sentyabr kuni Ispaniyaga jo'nab ketgandi.
Ma'lumki ushbu safar davomida Dilshod Nuraliev jamoasi  o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirda bevosita ishtirok etadi. Bugun Ispaniyaning Marbelya shahrida jamoamiz musobaqaning ilk o'yinida Kot d‘ Ivuar U-17 o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.  

Olgan ma'lumotimizga ko'ra, uchrashuvda gol urilmagan va jamoalar durangga imzo chekkan.

O'zbekiston (U-17) - Kot d‘Ivuar (U-17) - 0:0 (0:0).


Manba: championat.asia