Osiyoda 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2017, 08:01
OFK 2017 yil Osiyo qitasida eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun 3 nafar nomzod nomini e'lon qildi.

Xitoyning "Shanxay SIPG"klubi hujumchisi Vu Ley, BAAning "Al Ayn" yarim himoyachisi Omar Abdulrahmon va suriyalik Omar Xarbin ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) yakuniga etayotgan yilda Osiyo qitasining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun da'vogar.

O'tgan yil bu sovringa Omar Abdulrahmon ega chiqqandi. Qizig'i Vu Ley o'tgan yil ham uch nafar da'vogarlar orasidan joy olgandi.

OFK ayollar o'rtasida ham uch nafar futbolchini taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini 29 noyabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkazadi.


2017 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati: 


Erkaklar

Vu Ley (Xitoy)

Omar Abdulrahmon (BAA)

Omar Xarbin (Suriya)

Ayollar

Samanta Kerr (Avstraliya)

Sung Xyang-sim (KXDR)

Saki Kumagi (Yaponiya)                        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com