Rasman: Umar Abdulrahmon boshqa klubga o'tdi

Alisher
8 avg 2019, 11:13
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi futbolchisi Umar Abdulrahmon faoliyatini yana BAAda davom ettiradi.

Futbolchi "Al-Jazira" klubi bilar shartnoma imzoladi. Bu haqda BAA klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

27 yoshli futbolchi faoliyatini "Al Ayn"dan boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

BAA terma jamoasi o'yinchisi 2018 yilda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga o'tgan edi.

Umar Abdulrahmon 2011 yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/aljazira_uae