Osiyo o'yinlari. Hakamlarimiz navbatdagi o'yinlarga tayinlandilar

Narzulla Saydullayev
20 avg 2018, 11:40
Indoneziyada Osiyo o'yinlari musobaqasi davom etmoqda.

Futbol bo'yicha musobaqalarni boshqarib borish uchun o'zbekistonlik hakamlar ham taklif qilingani haqida xabar berib o'tgandik.

Hamyurtlarimiz navbatdagi o'yinlarga tayinlandilar. Aziz Asimov Indoneziya - Gonkong uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotda yana bir yurtdoshimiz Ruslan Serazetdinov yordam beradi.

Anna Sidorova esa Gonkong - Shimoliy Koreya ayollar terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqaradi.Yana bir o'zbekistonlik hakam Zilola Rahmatova unga qanotda yordam beradi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz