Osiyo o'yinlari. Bugun ochilish marosimi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2018, 10:46
Bugun 18 avgust kuni Indoneziyada Osiyo o'yinlarining ochilish marosimi o'tkaziladi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:08da boshlanadigan ochilish marosimini SPORT telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.


Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga bog'liq qiziqarli raqamlar:

-Musobaqada 40ta sport turi bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi

-Sportchilar 67ta yo'nalishda bahslarga kirishadilar

-465ta medallar jamlanmasi o'ynaladi

-O'yinlarni 5000 nafardan ziyod ommaviy axborot vositalari bevosita voqea joyidan yoritib boradilar

-15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shahslar musobaqada ishtirok etadilar

-13000 nafardan ziyod ko'ngillilar mehmonlarga o'zlarining beminnat yordamlarini ko'rsatadilar

-Osiyo o'yinlari ilk marotaba ikki shaharda (Jakarta va Palembang) o'tkazilmoqda.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com