Osiyo o'yinlariga boradigan tarkib ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014, 09:07
14 sentyabr kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo o'yinlari musobaqasi boshlanadi.
Unda ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi.

Demak, Mirjalol Qosimov Osiyo o'yinlariga quyidagi 20 nafar futbolchini olib ketadigan bo'ldi.

Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Nasaf"), Nikita Ribkin ("Paxtakor")

Himoyachilar: Egor Krimec, Davron Xoshimov (ikkalasi "Paxtakor"), Bobur Yo'ldoshev, Islom Tuxtaxo'jaev, Salim Mustafoev (barchasi "Lokomotiv"), Sherzod Fayziev ("Mashal"), Azamat Isroilov ("Olmaliq").

Yarim himoyachilar: Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov (barchasi "Paxtakor"), Fozil Musaev ("Lokomotiv"), Dilshod Jo'raev, Sardor Rashidov (ikkalasi "Bunyodkor"), Farrux Sayfiev ("Nasaf").

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Paxtakor"), Vohid Shodiev ("Bunyodkor"), Shaxzodbek Nurmatov ("Metallurg"), Navruzbek Olimov ("Qizilqum").

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia