Osiyo kubogi. O'zbekiston Qatarga qarshi qachon o'ynaydi?
Narzulla Saydullayev
30 yanv 2024, 19:40
O'zbekiston Osiyo kubogi nimchorak finalida Tailandni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Endi Srechko Katanets shogirdlari chorak finalda musobaqa mezboni Qatarga qarshi o'ynashadi. Mazkur bahs 3 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi. Uchrashuv "Al Bayt" stadionida bo'lib o'tadi.