Osiyo kubogi. O'zbekiston Hindistonga qarshi qaysi rangli libosda maydonga tushadi?

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2024, 17:30
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 18 yanvar kuni Osiyo kubogi 2-turini Hindiston qarshi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma'lum. Bosh hakam - xitoylik Fu Ming, unga hamyurtlari Jou Fey va Jang Cheng yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa iordaniyalik Ahmad Muhammad ishlaydi.


Osiyo Kubogi-2023 | 2-tur
18.01.2024 | 19:30 (Toshkent vaqti)
HINDISTON – O'ZBEKISTON
“Ahmad bin Ali” stadioni, Doha
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Jou Fey, Jang Cheng (ikkalasi Xitoy)
Zaxira hakami: Ahmad Muhammad (Iordaniya)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Araki Yusuke (Yaponiya) 



Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30da "Ahmad bin Ali" stadionida boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати