Osiyo Kubogi. Iroq ham keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 20:23
Ayni damda Osiyo Kubogining 2-turi doirasidagi Yaman - Iroq uchrashuvi o'tkazildi.

Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

YANGILASH

Uchrashuvning 11-daqiqasida Mohanad Alining bir necha raqibni aldab o'tib, bergan zarbasini darvozabon qaytara olmadi.

19-daqiqada Bashar Rezanning zarbasi raqibiga teggan holda darvozadan o'rin oldi.

92-daqiqada Ahmad Yasinning uzatmasidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan Ali Abbos gol urdi - 0:3.

YAMAN - IROQ 0:3
Sharja, Al-Sharjah Stadium

Gol: Mohanad Ali (11, 0:1), Bashar Rezan (19, 0:2), Ali Abbos (90+2, 0:3).

Yaman - 23. Saud Al Sovadi, 4. Mudir Abdurabu, 7. Ahmed Al Sarori, 9. Ala Al Sasi, 11. Abdulvosi Al Matari, 12. Axmed Al Xayfi, 13. Ala Addin Maxdi, 15. Ammar Hamsan, 17. Hussayn al-Gazi, 20. Mansur Tofiq, 21. Muhammad Rovis.

Iroq – 1. Jalol Hassan, 2. Ahmad Ibrohim,  6. Ali Adnan, 7. Safo Xadi, 9. Ahmad Yassin, 10. Mohanad Ali, 11. Humam Tariq, 13. Bashar Rezan, 16. Husayn al-Saidi, 17. A'lo Ali Mxavi, 22. Rebin Gareb.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia