Quyida guruh bahslaridan kelib chiqqan holda bazi qiziqarli raqamlarni e'tiboringizga havola etamiz.
0 - Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya guruh o'yinlarida birorta ham to'p o'tkazib yubormadi. Guruh o'yinlarida bittayam gol o'tkazmasdan Osiyo Kubogini yutgan jamoa birgina Eron hisoblanadi. Ular 1976 yilgi qita birinchiligida Iroqni 2:0, Janubiy Yamanni 8:0 hisobida mag'lub etishgan.
1 - Turnir debyutanti Falastin Osiyo Kubogida o'zining birinchi to'pini kiritdi. Ilok gol muallifi Jaka Xbaysha bo'ldi: Iordaniya - Falastin 5:1.
2,54 - Ortda qolgan 24 uchrashuvda o'rtacha 2,54tadan to'p kiritildi.
3 - Xitoy terma jamoasi o'z tarixida ilk marta guruhdagi uchala o'yinda ham g'alaba qozondi. Shu paytgacha Xitoy termasi ketma-ket 11 marta ushbu musobaqada ishtirok etgan bo'lishiga qaramay, bunday natijani ko'rsata olmagandi.
4 - Iordaniya - Falastin (5:1) bahsida iordaniyalik futbolchi Hamza Al Dardur poker muallifi bo'ldi. Avvalgi musobaqalarda quyidagi futbolchilar raqib darvozasiga to'rttadan gol urishgandi: Behtash Fariba (Eron - 1998), Ali Dayi (Eron - 1996), Ismoil Abdulatif (Bahrayn - 2011).
8 - Guruh bosqichida eng ko'p gol urgan jamoa Avstraliya bo'ldi - 8ta. Ktyingi o'rinlarni Yaponiya (7ta) va BAA (6ta) egalladi.
11 - Falastin guruh bosqichida eng ko'p gol o'tkazib yubordi - 11ta. Ular Yaponiyaga (0:4), Iordaniyaga (1:5) va Iroqqa (0:2) imkoniyatni boy berishdi.
14 - BAA hujumchisi Ali Mabxut 14-soniyadayoq darvozani ishg'ol qildi. Bu Osiyo chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi.
23 - 23 yillik tanaffusdan so'ng KXDR Osiyo Kubogida o'zining ilk golini urdi. Saudiya Arabistoni bilakn kechgan bahsda Ryang Yong Gi 12-daqiqada hisobni ochdi, biroq yakunda shimolliklar 1:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.
24 - Guruh o'yinlaridagi barcha 24ta uchrashuvning birontasida durang qayd etilmadi. Bu ham rekord hisoblanadi.
90+1 - Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning oxirida gol urgan futbolchi Rizo Guchannajod bo'ldi. U BAA darvozasiga aynan shu daqiqada to'p kiritdi.
135 - Hozircha shuncha marta darvozabonlar tomonidan seyv qilindi.