Osiyo Kubogi. Bugun amaldagi chempion o'ynaydi va Ravshan Ermatov ishlaydi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2019, 09:50
Bugun BAAda boshlangan Osiyo Kubogining 2-kungi bahslari bo'lib o'tadi.


Kecha faqat bitta uchrashuv bo'lgan bo'lsa bugundan boshlab har kuni uchtadan bahs o'tkaziladi. Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Al Aynda amaldagi Osiyo chempioni Avstraliya terma jamoasi Iordaniya bilan bellashadi. 

18:30da Tailand va Hindiston terma jamoalari Abu Dabida o'zaro o'yinni boshlashadi. 

21:00da boshlanadigan Suriya - Falastin uchrashuvini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.


"B" guruhi. 1-tur
Avstraliya - Iordaniya
6 yanvar. Al Ayn. "Xazza Bin Zayd" stadioni. 16:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ahmad Al Kaf (Ummon)
Qanot hakamlari: Abu Bakar Al Amri va Rashid Hamid (ikkisi Ummon)
Darvoza ortidagi hakamlar: Abdulrahmon Al Jassim va Hamis Al Marri (ikkisi Qatar)
Zaxira hakami: Tolib Salim Al Marri (Qatar)





"A" guruhi. 1-tur
Tailand - Hindiston
6 yanvar. Abu Dabi. "Al Nahyon" stadioni. 18:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Liu Kvok Man (Gonkong)
Qanot hakamlari: Xuo Veiming va Kao Yi (ikkisi Xitoy)
Darvoza ortidagi hakamlar: Ma Ning va Fu Ming (ikkisi Xitoy)
Zaxira hakami: Ronnie Kox Min Kiat (Singapur)






"B" guruhi. 1-tur
Suriya - Falastin
6 yanvar. Sharja. "Sharja" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkisi O'zbekiston)
Darvoza ortidagi hakamlar: Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Sergey Grishchenko (Qirg'iziston)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia