

Toshkentdagi yig'in yakunida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa a'zolari bilan uchrashdi.
Rasmiy o'yinlar oldidan Abdusalom Abdumavlonovich milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar mas'uliyati, muxlislarni chiroyli g'alabalar bilan xursand qilish muhimligini aytib o'tdi. Srechko Katanets jamoani rasmiy o'yinlarga etarlicha tayyorlab, endi natija qayd etish vaqti kelgani takidlandi.
Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan o'tgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O'FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ma'lum qilindi. O'z o'rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
Srechko Katanets shu vaqt ichida terma jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik o'tagani va raqiblarga qarshi maksimal e'tibor bilan o'ynab natijaga erishish mumkinligini aytib o'tdi. Qisqa muddat ichida uchta o'yinda ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini yuqori darajada ushlash uchun tibbiy shtabga ham kerakli ko'rsatmalar berildi.
Abdusalom Abdumavlonovich bo'lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.



