Osiyo kubogi-2023. Eron - Qatar uchrashuviga hakamlar tayinlandi

Omonjon To`xtamirzayev
6 fev 2024, 15:35
OFK Osiyo kubogining ikkinchi yarim finaliga ham hakamlarni tayinladi.

Osiyo Kubogi ikkinchi yarim finalida Eron - Qatar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.

Ertaga, 7 fevral kuni Dohadagi "Al Tumama" stadionida Eron va Qatar o'rtasidagi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Uni Axmad Alali boshchiligadagi hakamlar boshqarib boradigan bo'ldi.


Osiyo kubogi-2023
7 fevral, 2024 yil. "Al Tumama" stadioni
Bosh hakam - Axmad Alali (Quvayt)
Yordamchilar: Abdulhadi Alanezi, Muhammad Zairul bin Halil Tan (mos ravishda Quvayt va Malayziya)
Zaxira hakami: Iida Jumpey (Yaponiya)
VAR: Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
AVAR: Fu Ming (Xitoy)
Nazoratchi: Ali Axmad Altraifi

 


Axmad Alali Osiyo Kubogida Falastin - BAA, Qirg'iz Respublikasi - O'mon va Bahrayn - Yaponiya uchrashuvlarini boshqarib borgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia