Osiyo Kubogi-2019. "B" guruhi murabbiylari

Xayrulla Xoliqov
27 noya 2018, 17:24
BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 startiga borgan sari kam vaqt qolyapti.

Quyida "B" guruhidagi jamoalarni boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha ma'lumot keltirib o'tamiz.

"B" guruhi - Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya.

Grexem Arnold (Avstraliya bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 3 avgust, 1963 y.

Avstraliya terma jamoasi yana mahalliy mutaxassisga ishonib topshirildi. Bu safar jamoani qita chempionatiga Grexem Arnold olib boradi. 55 yoshli murabbiy terma jamoani JCH-2018dan keyin qabul qilib oldi.


Bernd Shtange (Suriya bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 14 mart, 1948 y.

Germaniyalik murabbiy Bernd Shtange Suriya terma jamoasi ustozi hisoblanadi. 70 yoshli mutaxassis Osiyo futbolini nihoyatda yaxshi biladi. U suriyaliklar bilan ko'p narsaga erishishi mumkin.


Nuriddin Ould Ali (Falastin bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 23 iyun, 1972 y.

Falastin terma jamoasi ustozi 46 yoshli Nuriddin Ould Ali. Jazoirlik murabbiy shu yilning mart oyidan beri terma jamoani boshqarib kelmoqda.


Vital Borkelmans (Iordaniya bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 1 iyun, 1963 y.

Iordaniya terma jamoasining yangi murabbiyi belgiyalik mutaxassis Vital Borkelmans. 55 yoshli murabbiy shu yil sentyabrda jamoani qabul qilib oldi. U 2012-2016 yillar oralig'ida Belgiya terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.


Osiyo Kubogi-2019. "A" guruhi murabbiylari

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia