

O'yinning muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

Osiyo Kubogida Qatar va Livan terma jamoalari birinchi marta to'qnash kelishmoqda.
Uchrashuv boshlandi.
Osiyo Kubogida 9 marta ishtirok etgan Qatar terma jamoasi ikki marotaba guruhdan chiqqan (2000, 2011) va har ikkisida chorak final bosqichiga qadar yetib borgan.

Osiyo Kubogida Qatarning so'nggi 5ta golidan uchtasi jarima zarbasidan kiritilgan.

Bu Livanning Osiyo Kubogidagi ikkinchi ishtiroki. Dastlabkisi 2000 yilda bo'lgan va guruh bosqichidan chiqa olmagan (2 durang, 1 mag'lubiyat)
Birinchi bo'limda xavfli vaziyatlar deyarli bo'lmadi
Qatar termasi Osiyo Kubogidagi so'nggi 20ta uchrashuvining faqatgina ikkitasida g'alaba qozongan (8 durang, 10 mag'lubiyat) va uchta o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

65-daqiqada Qatarlik fubolchi jarima zarbasidan ayjoyib gol urdi. Bassam Al Roviga qoyil!
79-daqiqada Almuaz Ali Qatarning ikkinchi golini kiritdi.
Osiyo Kubogi-2019.
"E" guruhi, 1-tur.
QATAR - LIVAN 2:0 LIVE
9 yanvar. Al Ayn. "Hazza Bin Zayed Stadium"
Gol: Bassam Al Rovi (65, 1:0), Almuaz Ali (79, 2:0).
Qatar: 1. Saad Al Shib, 2. Pedro Korrea, 4. Tariq Salmon, 10. Hasan Al Xaydos, 11. Akrom Afif, 12. Karim Budayf (6. Abdulaziz Xatim, 56), 15. Bassam Al Rovi, 16. Bulam Xukxi, 18. Abdulkarim Ali (3. Abdulkarim Xassan, 62), 19. Almuaz Ali, 23. Omar Madibo.
Livan: 1. Mexdi Xalil, 3. Mutoz Al Junaydi, 6. Joan Umari, 7. Xassan Matuk, 9. Xilol Al Xilvi, 11. Robert Melki (14. Nodir Matar, 72), 13. Jorj Feliks, 15. Xaytam Faur, 18. Valid Ismoil, 19. Ali Xamam, 22. Bassel Jradi.



