Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston terma jamoasi bugun Al Aynga ko'chadi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2019, 12:27
Kecha O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Turkmanistonni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Ektor Kuper shogirdlari navbatdagi bahsni Al Ayn shahrida Yaponiyaga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 17 yanvar kuni "Xalifa Bin Zayd" stadionida bo'lib o'tadi.

Terma jamoamiz a'zolari bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bugun Al Ayn shahriga ko'chishadi. Bugunning o'zida futbolchilar "Xazza Bin Zayd" stadionining 3-maydonida mashg'ulot o'tkazishadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia