Osiyo kubogi-2019. Barcha ishtirokchilar ma'lum. O'zbekiston guruhi qanday bo'lishi mumkin?

Narzulla Saydullayev
28 mar 2018, 13:06
Kecha Osiyo Kubogiga chiqqan barcha 24ta klub nomi ma'lum bo'ldi.

Shu yilning 4 may kuni BAAning Dubay shahrida Osiyo Kubogiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'ada jamoalar o'sha paytdagi FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi. O'zbekiston yangilangan reytingda Osiyoda 13-o'rinda bo'lishi kutilmoqda. Yani terma jamoamiz 3-savatchadan joy oladi. Alisher Nikimbaev buni hisoblab chiqdi.


Osiyo Kubogiga chiqqan jamoalar: BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Turkmaniston, Qirg'iziston, Filippin, Yaman, KXDR. 

Mana shunday guruhlarga tushishimiz ehtimoli bor:

Qiyin: Avstraliya, Xitoy, O'zbekiston, Iordaniya
Oson: BAA, Falastin, O'zbekiston, Yaman

Siz ham O'zbekiston uchun guruh tuzib ko'ring.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia