Osiyo Kubogi-2015. Chorak finalda Avstraliya yoki Janubiy Koreya bilan to'qnash kelishimiz mumkin

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014, 16:38
Bugun Avstraliyada keyingi yil bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi final bosqichiga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhidan o'rin oldi. Jamoamiz Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR bilan chorak finalga chiqish uchun o'ynaydi.

Bizning guruhdan chiqqan jamoalar "A" guruhidan chiqqan ikki jamoa bilan 1/4 finalda to'qnash keladi. "A" guruhidan Avstraliya, Janubiy Koreya, Ummon va Quvayt o'rin olgan.

"C" va "D" guruhidan chiqqan jamoalar o'zaro kurash olib borishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia