Osiyo futboli. Ummon terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

Xayrulla Xoliqov
21 fev 2019, 11:29
Ummon futbol assotsiatsiyasi murabbiylik faoliyatini yakunlagan Pim Verbek o'rniga boshqa mutaxassis topdi.

Bundan buyon terma jamoani gollandiyalik murabbiy Ervin Kuman boshqaradi. Kecha ushbu mutaxassis bilan ikki yillik rasman shartnoma tuzildi. Ma'lumki, ummonliklarning avvalgi bosh murabbiyi Pim Verbek Osiyo Kubogidan keyin o'z faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgandi. 

Ervin Kuman bunga qadar Turkiyaning "Fenerbahche" klubida ishlab kelayotgandi. Uning ukasi Ronald Kuman ayni paytda Gollandiya termasi ustozi hisoblanadi. Ervin Kuman o'z paytida terma jamoasi safida muvaaffaqiyatli to'p tepgan. U Evro-88 g'olibi hisoblanadi hamda JCH-90da ishtirok etgan. 

Murabbiylik faoliyatini esa 2001 yil PSVda boshlagan va bu klubning U-21 futbolchilariga ustozliq kilgan. Shuningdek, Ervin Kuman "Feyenoord"da ham ma'lum muddat ishlagan. U 2008-2010 yillar oralig'ida Vengriya terma jamoasini boshqargan. "Fenerbahche"dan oldingi ish joyi esa "Everton" bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com