Osiyo futboli. "Istiqlol" Uinfred Sheferni ishdan bo'shatdi

Xayrulla Xoliqov
29 apr 2019, 18:19
Eronning "Istiqlol" klubi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi.

Ma'lumki, ushbu jamoani germaniyalik mutaxassis Uinfred Shefer boshqarib kelayotgandi. Biroq oxirgi ikkita o'yindagi mag'lubiyat murabbiyning ishdan ketishiga sabab bo'ldi. "Istiqlol" dastlab OCHL 4-turida "Al Hilol"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shundan so'ng ichki chempionatda "Padideh" klubidan ham 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Shundan so'ng klub rahbariyati 69 yoshli mutaxassisni iste'foga chiqardi. Uinfred Shefer bu jamoani 2017 yilda qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida tehronliklar chempion bo'la olishmadi, biroq o'tgan yil mamlakat Kubogida zafar quchishdi. Endilikda jamoani vaqtincha Farhad Majidi boshqarib turadi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com