Osiyo Chempionati U-19 saralash o'yinlari sanalari o'zgardi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2015, 13:32
19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida kelasi yili bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bosqichi o'tkaziladigan sanalar o'zgardi.
Avvaliga ushbu saralash o'yinlari 2 - 10 oktyabda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo keyinroq OFKning yosh futbolchilar o'rtasidagi musobaqalar tashkiliy qo'mitasi belgilangan vaqt FIFA rasmiy o'yinlari o'tkaziladigan kunlar bilan bir paytga to'g'ri kelib qolayotganini hisobga olib, saralash o'yinlarini boshqa sanalarga ko'chirish haqida qaror qildi.

Demak, o'zarishlardan so'ng Osiyo Chempionati-2016 U-19 saralashi 28 sentyabr - 6 oktyabr kunlari davomida bo'lib o'tishi ma'lum qilindi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com