Osimxen terma jamoasi ixtiyorida jarohat oldi

Alisher
14 noya 2020
"Napoli" forvardi Viktor Osimxen Nigeriya terma jamoasida elkasidan jarohat oldi.

Ammo, hujumchi jiddiy jarohatdan saqlangan. Rentgen o'yinchida sinish yo'qligini tasdiqladi.

"Napoli" Nigeriya terma jamoasidan o'yinchini tiklanish uchun Neapolga qaytarib yuborishni so'radi.

Osimxen "adzurri" safida joriy mavsum 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia