O'runov "Ufa"da maoshi kamayishiga ham rozi bo'ldi. Agar u 60% o'yinlarda ishtirok etsa, 1 mln evroga xarid qilinadi

Alisher
19 avg 2021, 15:52
Yarim himoyachi Oston O'runovning "Spartak"dan "Ufa"ga o'tish shartlari ma'lum bo'ldi.

Agar o'zbekistonlik xavbek 60% o'yinlarda ishtirok etsa, "Ufa" uni xarid qilishi majburiy bo'ladi. Klubda uni mavsumning istalgan qismida xarid qilish huquqi bor. Transfer narxi ikki holatda ham 1 million evroni tashkil etadi.

O'yinchi shuningdek to'laqonli "Ufa" to'laydigan kamaytirilgan maoshga ham rozi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rsport.ria.ru