O'rtoqlik uchrashuvi. "Liverpul" va "Chelsi" mag'lubiyatga uchradi

Оқил Абдубарноев
11 dek 2022, 22:08
Yevropa klublari jahon chempionati vaqtidagi tanaffusdan foydalanib, o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmoqda.

Jumladan, bugun Angliyaning "Liverpul" klubi "Lion"ga qarshi bahs olib bordi. Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, jamoalar penaltilarga murojaat qilishdi. 11 metrli to'qnashuvda esa francuzlarning qo'li baland keldi. Shuningdek, Angliyaning "Aston Villa" va "Chelsi" klublari ham nazorat o'yini o'tkazdi. Mazkur bahsda londonliklar 0:1 hisobida yutqazdi.


Liverpul Angliya – Lion Fransiya 1:3 (1:1, 0:2, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasida - 3:5

Gollar: 1:0 – 1 Karvalyu, 1:1 – 41 Lyakazett, 1:2 – 65 Barkolya, 1:3 – 82 Lyakazett.

Liverpul – Kellexer (Adrian, 46), Matip (Fillips, 46), Gomes (Chembers, 62), Robertson (Cimikas, 46), Baychetich (Remzi, 46), Tiago Alkantara (Keyta, 61), Elliott (Frauendorf, 29; Klark, 46), Milner (Korness, 62), Karvalyu (Oksleyd-Chemberlen, 46), Firmino (Styuart, 62; Keyn, 74), Salax (Douk, 62).

Lion – Antoni Lopesh, Gyusto (Kumbedi, 74), Lukeba, Diomande (Da Silva, 74), Enrike (Laaziri, 78), Tiago Mendes (Lepenan, 64), Tolisso (Sherki, 64), Auar (Tete, 64), Kakre, Lyakazett (Sarr, 85), Dembele (Barkolya, 64).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4, 3:5.

Ogohlantirish: Baychetich (23).

Aston Villa Angliya – Chelsi Angliya 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 7 Makginn.

Aston Villa – Olsen, Yang, Mingz, Konsa (Chembers, 64), Din (Augustinsson, 63), Makginn (Nakamba, 84), Rayxi (Yang, 46), Kamara, Duglas Luis (O'Rayli, 84), Uotkins (Archer, 63), Beyli (Ingz, 63).

Chelsi – Bettinelli, Bruking (Elliott, 73), Xamfris, Gilkrist (Mazersill, 64), Kukurelya, Jorjino, Uebster, Xoll, Djirod-Xatchinson, Obameyang (Kazadei, 64), Broya (Renkin, 24; Berstou, 88).

Ogohlantirish: Bruking (66).

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia