O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor"-2 - "Olmaliq" (yoshlar) 1:0

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2016, 17:34
"Olmaliq"ning yoshlar jamoasi ham bugun navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Yoshlarimizga bu gal birinchi liga vakili "Paxtakor"-2 sparring raqib vazifasini o'tadi. Chilonzordagi sun'iy qoplamali maydonda o'tgan bahsda yosh paxtakorchilar 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

A'zam Sherg'oziev murabbiyligida mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar jamoamizga ko'rik hamon davom etmoqda. Bu o'yinda ham bir necha futbolchi sinab ko'rildi. Afsuski, jamoani tark etgan yoshlar o'rniga hozircha munosib nomzodlar topilmayapti. Shu sababli, yoshlar jamoasi uchun ko'rik mavsum boshlangunga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz