O'rtoqlik uchrashuvi. Nigeriya Argentina ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi

14 noya 2017, 23:32
Nigeriya terma jamoasi ikki to'p farqi bilan ortda qolishiga qaramay, yakunda Argentinani taslim etdi.

“Krasnodar” stadionida kechgan bahsda Banega va Agueroning gollaridan keyin argentinaliklar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishgan edi. Ammo keyinchalik qora qita vakillari ketma-ket to'rt bor Markesin qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olishdi.

Argentina – Nigeriya 2:4

Gollar: 1:0 – 27 Banega, 2:0 – 36 Aguero, 2:1 – 44 Ixeanacho, 2:2 – 52 Ivobi, 2:3 – 54 Idovu, 2:4 – 73 Ivobi.

Argentina – Markesin, Maskerano, Peccelya (Insua, 80), Otamendi, Lo Chelso (Gomes, 58), Peres, Banega, Di Mariya (Rigoni, 76), Pavon (Perotti, 77), Aguero (Benedetto, 46), Dibala (Belluski, 63).

Nigeriya –Akpeyi (Uzoxo, 46), Balogun (Omeruo, 61), Avazem, Ayna (Idovu, 46), Trost-Ekong, Ndidi, Shexu (Ebeyi, 46), Ogu, Obi Mikel, Ivobi (Kayode, 87), Ixeanacho (Musa, 70).

Ogohlantirish: Ixeanacho (17).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia