O'rtoqlik uchrashuvi. "Andijon" - “Qo'qon-1912” 1:2

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 11:59
Ikkinchi davraga Toshkentda hozirlik ko'rayotgan “Andijon” kecha “Qo'qon-1912”ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.
Jamoaning poytaxtdagi bu ikkinchi o'yin bo'ldi. Krasnogorsk shaharchasida o'tgan bellashuvda andijonliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
 
Shu kuni Sergey Shevchenko ayrim yetakchi o'yinchilarga dam berganini ham aytib o'tish joiz. Andijonliklarning yagona goliga Abdulatif Abduqodirov mualliflik qildi.

“Andijon” tarkibi: Muxiddin Xudoyorov, Dilmurod Mahmudov, Artur Mamatkazin, Asror Rahmonov, Nikita Sviridov, Bahrom Abdurahimov, Rasul Rahmonov, Lochin Soliev, Akmal Jo'raboev, Sohib Abdullaev, Abdulatif Abduqodirov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Temur G'aniev, Akbar Xodjaev, Abdulaziz Sultonov, Alisher To'xtasinov.
Gol: A.Abduqodirov.

O'zgarishlar to'xtaladigan bo'lsak, tarkibga Akbar Xodjaev bilan Abdulaziz Sultonov qo'shilishdi. Xodjaev uchun “Andijon” begona emas. U 2012 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilganini muxlislar yaxshi bilishadi. So'nggi paytlarda Akbar Qozog'iston birinchi ligasida faoliyat ko'rsatayotgandi. “Navbahor”ning sobiq o'yinchisi Abdulaziz Sultonov esa mavsumning birinchi qismini “Xotira-79” jamoasida o'tkazdi. Shevchenko bu o'yinchilarni “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bahsda sinab ko'rdi. Ertaga jamoamiz uchinchi nazorat bellashuvida “So'g'diyona” klubi bilan kuch sinashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz