O'rtoqlik o'yini. Yaponiya yirik hisobda J.Koreyani taslim etdi

Eldor Akmurzayev
25 mar 2021, 20:00
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida Yaponiya termasi o'z maydonida J.Koreyani qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi.

“Kun chiqar yurt” vakillari tarkibida himoyachilar Miki Yamane va Vataru Endo, yarim himoyachi Daiti Kamada raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Yaponiya keyingi uchrashuvini 30 mart kuni JCH-2022 saralashi doirasida Mongoliyaga qarshi o'tkazadi. J,Koreyani esa 3 aprelda Turkmanistonga qarshi bahs kutmoqda.


Yaponiya – J.Koreya 3:0 (2:0, 1:0)

Yokogama, “Nissan” stadioni

Gollar: Yamane 16 - 1:0, Kamada 27 - 2:0, Endo 83 - 3:0

Yaponiya – Gonda, M.Yoshida, Yamane, Tomiyasu, Sasaki, Morita, V.Endo, Ito, Kamada, Minamino, Osako

J.Koreya – Cho Xyon U, Xon Chxol, Kim Yon Gvon, Pak Ji Su, Kim Txe Xvan, Na San Xo, Chon U Yon, Von Du Chje, Nam Txe Xi, Li Kan In, Don Dzyun Li

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia