

Krasnodarda o'tkazilgan bahsda mehmonlar har ikkala bo'limda Igor Akinfeev qo'riqlayotgan darvozani bir martadan aniq nishonga olishdi. Har ikkala gol ham afrikalik futbolchilar Kojia va Zaaning individual mahoratlari evaziga kiritildi.
O'rtoqlik o'yini.
Rossiya – Kot-d`Ivuar 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30 Kojia, 0:2 – 70 Zaa.
Rossiya: Akinfeev, Semenov, Kutepov, Kudryashov, Eroxin, Zobnin, Jirkov (Kombarov, 71), Samedov, Golovin (Gazinskiy, 78), Poloz (Miranchuk, 80), Buxarov (Kanunnikov, 76).
Kot-d`Ivuar: Gbouo, Kanon, Bayi, Bagayoko, Kessie, Die, Dukure, Zaa, Deli, Kojia (Pepe, 89), So.
Ogohlantirish: Die (38), Kudryashov (61), Bayi (84).



