O'rtoqlik o'yini. Marokash Braziliyani taslim etdi

Eldor Akmurzayev
26 mar 2023
Xalqaro o'rtoqlik o'yinlari doirasida Marokash TJ o'z maydonida Braziliyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda mezbonlar Sofyan Bufal va Abdulhamid Sabirining gollari evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. “Pentakampeonlar”dan esa Kazemiro raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Marokash – Braziliya 2:1 (1:0, 1:1)

"Stad de Tanjer"

Gollar: 1:0 – 29 Bufal, 1:1 – 67 Kazemiro, 2:1 – 79 Sabiri.

Marokash – Bunu, Xakimi (Attiyyat-alla, 53), Saiss, Agerd, Mazraui, Amrabat, Unai (Sabiri, 64), El-Xannus (Luza, 64), Ziesh, Bufal (Ez Abde, 77), En-Nesiri (Sheddira, 76).

Braziliya – Ueverton, Emerson (de Matos Soares, 90), Militao, Rojer, Telles, Kazemiro, Lukas Paketa (Yuri Alberto, 85), Nasimento dos Santos (Rafael Veyga, 65), Vinisius Junior, Rodrigo (Roque Ferreira, 65), Roni (Antoni, 64).

Ogohlantirishlar: El-Xannus (42), Amrabat (45), Roni (54).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia