O'rtoqlik o'yini. Argentina yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Messi dubl va assist qayd etdi

Khoja
15 iyun 2024, 09:49
Argentina o'rtoqlik uchrashuvida Gvatemala termasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv 4:1 hisobida argentinaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda Lionel Messi va Lautaro Martines dubl qayd etdi. Shuningdek, Messi ushbu uchrashuvda bitta assistga ham erishgan.

O'rtoqlik o'yini
Argentina - Gvatemala 4:1
15 iyun, AQSH.

Gollar: Messi (12, 77), Lautaro Martines (39 penalti, 66) - Lisandro Martines (4, avtogol).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montiel, 71), Otamendi, Lisandro Martines, Karboni (Di Mariya, 62), Lo Chelso (De Paul, 62), Mak Allister (Paredes, 62), Fernandes (Martines Kuarta, 71), Gonsales, Messi, Lautaro Martines (Alvares, 67).
Gvatemala – Xagen, Morales, Pinto, Samayoa, Ardon, Kastelyanos (Saraviya, 75), Franko, Dominges-Ramires, Santis (Mexiya, 75), Rubin (Lom, 75), Kardosa (Garsiya, 65).
Ogohlantirishlar: Otamendi (21), Dominges-Ramires (29), Lisandro Martines (63).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com