Origi "Liverpul"dagilarga o'z javobini aytdi

Mirjalol Normatov
15 may 2022
Hujumchi Divok Origi yozda "Liverpul"dan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, belgiyalik forvard yangi mavsumni "Milan"da boshlaydi. Ayni damda Milan klubi Origining transferi borasida ishlamoqda. U erkin agent sifatida jamoa tarkibiga o'tadi. "Liverpul"dagilar Origining "Milan" bilan muzokaralar olib borayotganidan xabardor. Tomonlar shartnoma borasida deyarli kelishuvga erishishgan.

Oldinroq 27 yoshli futbolchi "Milan"da yiliga 4 million evro maosh olishi haqida ma'lumotlar berilgandi. Ushbu mavsumda Origi "Liverpul" tarkibida 17 o'yinda qatnashib, 6 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano