“Oq-tepa”. Yana yutqazdik...

Aslanov Jasurbek
6 fev 2016, 17:25
Kuning ikkinchi uchrashuvida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdik.

“Paxtakor” o'rinbosarlariga qarshi bahsda muxlislar 7ta golga guvoh bo'lishdi. Yosh “sherlar”ning beshta goliga vakillarimiz 2ta gol bilan javob qaytardi. Aytish kerak, mazkur bellashuvda murabbiylar shtabi asosan ko'rikda bo'lib turgan yosh o'yinchilarni sinovdan o'tkazdi va uchrashuvdan so'ng ularning aksariga javob berildi. 


O'rtoqlik uchrashuvi

OQ-TEPA – PAXTAKOR (o'rinbosarlar) – 2:5 (1:2)

6 fevral. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.

Bosh hakam: Murod Muhamedov.

Gollar: Suhrobjon Sarimsoqov, Sardor Soibov. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: oq-tepa.uz